Keng ko‘lamli tikuvchilik ishlab chiqarishi aniq hisob-kitoblar va ishonchli muhandislik yechimlarini talab etadi. Chuqursoy hududida joylashgan ushbu yirik tikuvchilik sexi loyihasi qisqa muddat ichida energiya tejamkor va barcha sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan sanoat binosini barpo etish maqsadida amalga oshirildi.
Qurilish jarayonida yuqori issiqlik hamda shovqin izolyatsiyasiga ega bo‘lgan devoriy va tom sendvich panellari qo‘llanildi. Bu tikuvchilik sexi ichida doimiy va qulay mikroklimatni saqlash hamda isitish-sovutish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi. Shuningdek, obyektda elektr ta’minoti va kommunikatsiya tarmoqlarini xavfsiz o‘tkazish uchun kabel lotoklarini montaj qilish hamda sanoat ventilyatsiya tizimlarini o‘rnatish xizmatlari "kalit ostida" bajarildi.
Agar siz ham Toshkentda sifatli sendvich panel narxlari va ishonchli qurilish-montaj xizmatlarini izlayotgan bo‘lsangiz, Mironkul Group kompaniyasi ishlab chiqarish sehlari, omborxonalar va tijorat binolari uchun eng optimal yechimlarni taklif etadi.