Mironkul Group kompaniyasi Grand Road Toshkent loyihasi doirasida turli murakkablikdagi yuqori sifatli metall konstruksiyalar va LSTK karkaslarini yetkazib berish hamda montaj qilish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Ushbu bino zamonaviy muhandislik standartlariga toʻliq javob beradigan, mustahkam va uzoq muddat xizmat qiladigan infratuzilma obyekti hisoblanadi.
Sanoat va tijorat obyektlarida metall konstruksiyalardan foydalanish bino poydevoriga tushadigan ogʻirlikni kamaytiradi, qurilish muddatlarini 2–3 baravarga qisqartiradi va loyiha smetasini tejash imkonini beradi. Bino karkasi oʻrnatilgach, obyektning yuqori issiqlik hamda shovqin izolyatsiyasini taʼminlash uchun devor va tom sendvich panellari montaj qilindi.
Toshkentda metall konstruksiyalar buyurtma qilish, loyiha smetasini hisoblatish yoki mutaxassis konsultatsiyasini olish uchun Mironkul Group bilan bogʻlaning!